Valyuta kurslari 09/01/2026
$1 – 12109.02
UZS – 0,63%
€1 – 14139.70
UZS – 0,56%
₽1 – 150.31
UZS – 0,68%
Qidirish
Oʻzbekiston va Xitoy yashil iqtisodiyot va ekologiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Xitoy yashil iqtisodiyot va ekologiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Xitoy yashil iqtisodiyot va ekologiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 9-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yuy Szyun hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Umid Abidxadjayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Sun Yan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi departamenti direktori o‘rinbosari Shuhrat Matkarimov, boshqarma boshlig‘i Shoxzod Islamov, Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi direktori Temur Malik Narziqulov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, jumladan, ekologiya, barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokamalar olib bordi.

Xususan, muhokamalar davomida tomonlar quyidagi asosiy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashdi.

yashil iqtisodiyotni rivojlantirish va yashil loyihalarni amalga oshirish, jumladan, ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni joriy etishda hamkorlik;

havo ifloslanishining oldini olish, yashillashtirish jarayonlarini jadallashtirish, ekologik muhitni yaxshilash;

yer degradatsiyasi va cho‘llanishga qarshi kurash, tuproq unumdorligini saqlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo‘nalishlari;

Ushbu yo‘nalishda Xitoy Xalq Respublikasining muvaffaqiyatli tajribasi, xususan, mamlakatning shimoli-g‘arbiy hududlarida, jumladan Gansu provinsiyasida joriy etilgan samarali amaliyotlar;

qum ko‘chishini oldini olishga qaratilgan (sand-fixation grid) tizimlarni qo‘llash bo‘yicha Xitoy tajribasi, ushbu texnologiyalarning cho‘l va yarim cho‘l hududlarida ekologik vaziyatni yaxshilashdagi ahamiyati;

iqtisodiy yo‘nalishlarda samaradorlikni oshirish, bu yo‘nalishda ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan samarali va barqaror institutsional yechimni shakllantirishda hamkorlik istiqbollari.

Muzokaralar yakunida tomonlar yuqoridagi masalalar yuzasidan samarali loyihalarni shakllantirishda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda fikr almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling