Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Xitoy yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari hamda o‘zaro tashriflar yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ushbu tadbirlarni tashkil etish uchun yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.