Oʻzbekiston va Xitoy qurilish materiallarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha qoʻshma laboratoriya tashkil etmoqda
Oʻzbekiston va Xitoy qurilish materiallarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha qoʻshma laboratoriya tashkil etmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbek ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Henan Metrologiya, Sertifikatlash, Inspeksiya va Sinov Assotsiatsiyasi ishtirokida, shuningdek “United Testing Inspection & Certification Technology Co., Ltd” o‘rtasida qo‘shma laboratoriya tashkil etish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda xalqaro ISO/IEC 17025 standartlariga mos qurilish materiallarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma laboratoriya tashkil etish muhokama qilindi.
Loyihaning umumiy investitsiya hajmi 10 million AQSh dollaridan oshiq bo‘lib, u uch bosqichda amalga oshiriladi: laboratoriya uskunalarini xarid qilish va o‘rnatish, xodimlar malakasini oshirish va laboratoriya faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Uchrashuv natijasida ilmiy-sinov infratuzilmasini rivojlantirish va qo‘shma laboratoriya tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.