Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Oʻzbekiston va Xitoy qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik va moliyalashtirishni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Xitoyning “The Export-Import Bank of China” Imtiyozli kreditlar departamenti menejeri Guo Mo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama agrar hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi qo‘shma loyihalarni amaliy bosqichga o‘tkazish va istiqboldagi tashabbuslarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Xitoy Export-Import bankining O‘zbekistonda agrar va oziq-ovqat sohasidagi strategik dasturlari, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya hamda bank tomonidan moliyalashtirilayotgan investitsiya loyihalarining joriy holati batafsil ko‘rib chiqildi.

Tomonlar paxta terish texnikalarini xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish rejalari yuzasidan ham fikr almashdi.

Muloqot yakunida qishloq xo‘jaligida unumdorlikni oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash va ilmiy-texnologik hamkorlikni kengaytirishga doir aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling