Valyuta kurslari 16/12/2025
$1 – 12130.01
UZS – 0,27%
€1 – 14245.48
UZS – 0,36%
₽1 – 153.04
UZS – 0,84%
Qidirish
Oʻzbekiston va Xitoy Namangandagi tsement zavodida yashil energiya loyihasini ishga tushiradi

Oʻzbekiston va Xitoy Namangandagi tsement zavodida yashil energiya loyihasini ishga tushiradi

Oʻzbekiston va Xitoy Namangandagi tsement zavodida yashil energiya loyihasini ishga tushiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shenchjen shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston–Xitoy (Shenchjen) savdo-iqtisodiy va investitsiya forumi” doirasida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Xitoyning yirik kompaniyasi - Sinoma Hefei Cement Research & Design Institute Corporation Ltd bosh direktori Xe Veyshuay bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar sanoatni modernizatsiya qilish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida “Namangan sement” korxonasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 43 million AQSH dollari bo‘lgan, quvvati 60 megavattga teng yashil energiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilib, investitsiya kelishuvi imzolandi.

Mazkur loyiha doirasida Chust tumanining adirlik hududlaridan 25 gektar yer maydoni ajratiladi. Loyiha ishga tushirilishi natijasida korxonaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji 80 foizgacha qayta tiklanuvchi energiya hisobiga qoplanishi rejalashtirilmoqda.

Loyihani 2026 yil sentyabr oyida foydalanishga topshirish belgilangan. Ushbu tashabbus hududda ekologik barqarorlikni taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish hamda sanoat tarmoqlarida “yashil” texnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling