Valyuta kurslari 30/03/2026
$1 – 12195.50
UZS – 0,13%
€1 – 14049.22
UZS – -0,22%
₽1 – 149.71
UZS – 0,8%
Qidirish
Oʻzbekiston va Xitoy mintaqalararo strategik hamkorlikni chuqurlashtirmoqda

Oʻzbekiston va Xitoy mintaqalararo strategik hamkorlikni chuqurlashtirmoqda

Oʻzbekiston va Xitoy mintaqalararo strategik hamkorlikni chuqurlashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Xitoyning Shansi muzofoti tijorat departamenti rahbari Van Xunszin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish, jumladan, hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xorijiy delegatsiya vakillari qayta tiklanuvchi energiya manbalari, suv tejovchi texnologiyalar, sanoat, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida texnologik sheriklikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Tomonlar yangi loyihalarni birgalikda ishlab chiqish hamda joriy yilning 20–22-may kunlari Shansi provinsiyasi Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan uchinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumida nufuzli tadbirkorlar delegatsiyalarining ishtirokini ta’minlashga kelishib oldilar.

Mazkur forumning o‘tkazilishi hududlararo aloqalarni yanada mustahkamlash va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Muzokaralar yakunida har ikki tomondan mas’ul xodimlardan iborat qo‘shma Ishchi guruh tuzildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling