Oʻzbekiston va Xitoy konchilik sanoatiga investitsiyalar va uni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Xitoy konchilik sanoatiga investitsiyalar va uni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 30-dekabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F.Xamidova, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi tahrirdagi “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” qonunning ahamiyati hamda investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, jumladan sohada faoliyat olib borayotgan Xitoy investorlarining tashabbuslari, kelgusida hamkorlikni kengaytirish va yangi investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.