Oʻzbekiston va Vetnam iqtisodiyot, turizm va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Vyetnam Sotsialistik Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ngo Le Van bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, dolzarb mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Vyetnamlik diplomat YUNESKO Bosh konferensiyasining navbatdagi sessiyasi yuksak darajada tashkil etilganini qayd etib, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va tashabbuskorligi ortib borayotganini ta’kidladi.