Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
Oʻzbekiston va Vengriya sud tibbiyoti sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Vengriya sud tibbiyoti sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Vengriya sud tibbiyoti sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Akbar Tashkulov xizmat safari doirasida Vengriya sud-ekspertiza instituti direktori Marton Lontai bilan uchrashib, sud-ekspertiza faoliyatini isloh qilish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, infratuzilmani modernizatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyati xalqaro standartlar, jumladan, ISO/IEC 17025 talablariga to’liq muvofiq tashkil etilgani, sohani raqamlashtirish va sunʼiy intellektni joriy etish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va ilmiy-tadqiqot salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida urg’u berildi.

Markazning xalqaro ekspert tarmoqlarida faol ishtirok etishi hamda 2028-yilda Samarqand shahrida AFSNning 20-yigʻilishi oʻtkazilishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O’zbekiston va Vengriya sud ekspertiza tuzilmalari oʻrtasida memorandum imzolash orqali amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling