Oʻzbekiston va Vengriya sud-huquq sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
Oʻzbekiston va Vengriya sud-huquq sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vaziri Akbar Tashkulov Vengriya adliya vaziri o‘rinbosari, qonunchilik ishlari bo‘yicha davlat kotibi Zoltan Tot boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, xususan qonunchilikni tizimlashtirish, tartibga solish ta’sirini baholash, raqamlashtirish hamda notariat sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tashrif dasturining birinchi kuni doirasida delegatsiya “O‘zbekiston notariuslarining onlayn faoliyati va amaliyoti” mavzusida hamda, Vengriyaning qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha tartibga soluvchi normalarni qisqartirish bo‘yicha tajribasi yuzasidan taqdimotlar tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston va Vengriya Adliya vazirliklari o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda zamonaviy huquqiy mexanizmlarni joriy etishga xizmat qiladi.