Valyuta kurslari 13/11/2025
$1 – 11972.35
UZS – -0,15%
€1 – 13852.01
UZS – -0,1%
₽1 – 147.52
UZS – -0,02%
Qidirish
Oʻzbekiston va Vengriya raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Vengriya raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Vengriya raqamli infratuzilmani rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vengriyaning xalqaro biznes aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha Favqulodda elchisi, “4iG” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Gellert Yasai boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida tomonlar telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilib, infratuzilmani modernizatsiya qilish, aloqa sifati va tarmoq aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratdilar.

Raqamli transformatsiyani jadallashtirish maqsadida zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish muhimligi ta’kidlandi.

“4iG” kompaniyasi O‘zbekiston IT-infratuzilmasini rivojlantirish, innovatsion yechimlarni tatbiq etish, autsorsingni kengaytirish hamda malakali kadrlar tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etishga qiziqishini bildirdi. Shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” milliy dasturi doirasida sheriklik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va mamlakatning barqaror texnologik rivojlanishiga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling