Oʻzbekiston va Türksat telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Türksat telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Türksat telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 1-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Turkiyaning Türksat A.Ş. kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh tizimlari bo‘yicha biznesni rivojlantirish va marketing direktori Ömer Şamil Açba bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1990-yilda asos solingan Türksat A.Ş. kompaniyasi Turkiyaning yetakchi sun’iy yo‘ldosh aloqasi operatori hisoblanadi.

Kompaniya Yevropa, Osiyo va Afrika davlatlarida xizmat ko‘rsatib, davlat va xususiy sektor vakillariga zamonaviy sun’iy yo‘ldosh va kabel infratuzilmasi orqali televideniye, internet hamda ma’lumotlar uzatish sohalarida keng ko‘lamli telekommunikatsiya yechimlarini taklif etadi.

Muloqot chog‘ida telekommunikatsiyalar, sun’iy yo‘ldosh aloqasi va raqamli infratuzilma sohalarida hamkorlik qilish, shuningdek, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar sheriklik aloqalarini kengaytirish, tajriba almashish va raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

O‘zbekiston tomoni turk kompaniyasining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini hamda ularni amalga oshirishda ko‘maklashishga tayyorligini ma’lum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling