Oʻzbekiston va Turkiya pensiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Turkiya pensiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Turkiya pensiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston-Turkiya pensiya taʼminotiga masʼul vakillari o‘rtasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida ijtimoiy taʼminot to‘g‘risida”gi Bitim loyihasi yuzasidan muzokaralarning birinchi raundi muvaffaqqiyatli yakunlandi.

Muzokaralar yakunida Bitim loyihasi yuzasidan “Uchrashuv bayonnomasi” imzolandi.

O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasida mazkur Bitimning qabul qilinishi ikki davlat fuqarolarining ijtimoiy taʼminot va pensiya huquqlarini taʼminlash hamda himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling