Valyuta kurslari 31/10/2025
$1 – 12025.22
UZS – 0,29%
€1 – 13969.70
UZS – 0,07%
₽1 – 149.36
UZS – -0,9%
Qidirish
Oʻzbekiston va Turkiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Turkiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Turkiya migratsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga xizmat safari doirasida joriy yilning 27-oktabr kuni Turkiya Ichki ishlar vazirligida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turkiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari M.Oqtosh ta’kidlashicha, ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli bugungi kunda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida, ayniqsa ichki ishlar sohasida, yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuv davomida turk tomoni O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyaga boshqa turdagi vizalar asosida kirgan holda mamlakatdan chiqmasdan turib mehnat ruxsatnomasini olish imkoniyatini taqdim etish masalasini o‘rganib chiqishini ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish, noqonuniy yashayotgan shaxslar bo‘yicha yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratish ustida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish va fuqarolarni Vatanga qaytarish sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash masalalarini ko‘rib chiqishga tayyorlik bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling