Valyuta kurslari 29/01/2026
$1 – 12168.98
UZS – 0,34%
€1 – 14588.17
UZS – 1,17%
₽1 – 159.89
UZS – 0,86%
Qidirish
Oʻzbekiston va Turkiya mehnat migrantlarini qonuniylashtirishning yangi mexanizmlari boʻyicha kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Turkiya Respublikasining Mehnat va ijtimoiy taʼminot vaziri Vedat Ishikxan o‘rtasida qonuniy va himoyalangan mehnat migratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan strategik ahamiyatga ega uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muhim kelishuvlar:

Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lgan o‘zbekistonliklarni deportatsiyasiz legallashtirish amaliyoti davom ettirish;

Turkiyada 3 yil doimiy asosda yashab kelgan o‘zbekistonliklarga 1 martdan boshlab, ilk bor ishlash xuquqini beruvchi ruxsatnoma berish;

Mehnat vazirligi huzuridagi İŞKUR tashkiloti tomonidan talab yuqori bo‘lgan kasblarni markazlashtirib, Migratsiya agentligiga talabnoma taqdim qilish kabi masalalar bo‘yicha Bitim imzolashga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling