Oʻzbekiston va Tojikiston xalqaro avtomobil transportini rivojlantirishni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Tojikiston xalqaro avtomobil transportini rivojlantirishni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 22 – 23-dekabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Qo‘shma komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov va Tojikiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Sh.Saidmurodzoda rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda avtomobil transporti sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.
Xususan, tomonlar “Djartepa (O‘zbekiston) – Sarazm (Tojikiston)” chegara o‘tkazish punktining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, xalqaro avtomobil tashuvlarida almashinadigan ruxsatnoma blanklarini elektron tizimga o‘tkazish, ruxsatnoma blankalari sonini oshirish, “Xitoy – Tojikiston – O‘zbekiston” multimodal transport koridori orqali pilot tashuvlarini tashkil etish va boshqa masalalar muhokama etishdi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar va zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.