Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Tojikiston 2026-yilga moʻljallangan hamkorlik natijalari va rejalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 23-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nasredin Ismatullo bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, 2025-yil davomida turli sohalardagi hamkorlik yakunlarini sarhisob qilindi va 2026-yilga mo‘ljallangan ittifoqchilik munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.