Valyuta kurslari 19/11/2025
$1 – 11940.70
UZS – -0,58%
€1 – 13839.27
UZS – -0,68%
₽1 – 147.40
UZS – -0,27%
Qidirish
Oʻzbekiston va Sloveniya Lyublyanada boʻlib oʻtgan hukumatlararo komissiya yigʻilishidan soʻng iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 18-noyabr kuni Lyublyana shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Sloveniya Hukumatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasi yig‘ilishida ISSV rahbari Laziz Kudratov ishtirok etdi.

Tomonlar savdo, transport, qishloq xo‘jaligi, raqamli transformatsiya, ta’lim va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar va muloqotni yanada faollashtirishga tayyorliklarini bildirdilar.

Tashrif doirasida ISSV rahbari Sloveniyaning Bosh vazir o‘rinbosari - tashqi va yevropa ishlari vaziri Tanya Fayon bilan uchrashdi. Muzokaralarda farmatsevtika, logistika, kritik minerallar bo‘yicha kooperatsiyani rivojlantirish, shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini YeI bozoriga olib chiqishni qo‘llab-quvvatlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida Komissiya yig‘ilishi bayonnomasi hamda ikki davlat qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Shuningdek, Sloveniya kompaniyalari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilib, raqamlashtirish, aviatsiya, kadrlar tayyorlash, farmatsevtika, energetika va sug‘urta yo‘nalishlarida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling