Valyuta kurslari 17/02/2026
$1 – 12191.30
UZS – -0,24%
€1 – 14464.98
UZS – -0,21%
₽1 – 158.51
UZS – 0,08%
Qidirish
Oʻzbekiston va Shvetsiya Tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichini oʻtkazdilar

Oʻzbekiston va Shvetsiya Tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichini oʻtkazdilar

Oʻzbekiston va Shvetsiya Tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichini oʻtkazdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16-fevral kuni Toshkentda O‘zbekiston va Shvetsiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarining 4-davrasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev, Shvetsiya delegatsiyasiga esa Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligining Yevroatlantika masalalari va xavfsizlik siyosati bo‘yicha bosh direktori Torbjörn Solström rahbarlik qildi.

Maslahatlashuvlar davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamda boshqa o‘zaro manfaatli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, jumladan ikki mamlakatning tegishli vazirliklari va kompaniyalari o‘rtasida tashriflar almashinuvi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar, shuningdek, migratsiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklari ta’kidlandi.

Bundan tashqari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Maslahatlashuvlar yakunida ikki tomonlama sheriklikni yanada mustahkamlash maqsadida muntazam muloqotni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling