Oʻzbekiston va Sharqiy Yavada diniy va madaniy turizm rivojlanmoqda
Oʻzbekiston va Sharqiy Yavada diniy va madaniy turizm rivojlanmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Indoneziyaning Sharqiy Yava provinsiyasi gubernatori Xofifa Indar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida ikki hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Gubernator Xofifa Indar Indoneziya xalqi O‘zbekistonni muqaddas zamin sifatida qadrlashini ta’kidlab, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining qayta taʼmirlanib ochilgani musulmonlar uchun muhim voqea bo‘lganini alohada taʼkidladi. Shuningdek, Samarqand bilan yaqin aloqalar o‘rnatish Sharqiy Yava uchun ustuvor yo‘nalish ekanini bildirdi.
Tomonlar turizmni hamkorlikning asosiy drayveri sifatida baholab, hududlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidlashdi. Bundan tashqari, kelgusida Sharqiy Yava ulamolari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan tegishlu choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.
Uchrashuv yakunida Samarqand viloyati va Sharqiy Yava provinsiyasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantishga kelishib olindi.