Valyuta kurslari 19/03/2026
$1 – 12178.85
UZS – 0,41%
€1 – 14053.18
UZS – 0,6%
₽1 – 146.54
UZS – -0,98%
Qidirish
Oʻzbekiston va Shansi investitsiya va sanoat loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Shansi investitsiya va sanoat loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Shansi investitsiya va sanoat loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston elchixonasida Xitoyning Shansi provinsiyasi Tijorat departamenti va yirik kompaniyalari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda Shansi provinsiyasining yirik “Shanxi Construction Investment”, “Shanxi Heavy Machinery Group”, “Shanxi Huayuan International Land Port Group”, “China Railway Third Bureau Group” va “Shennong Technology Group” kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Xitoy kompaniyalari bilan O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi dasturi, mamlakatimiz ishbilarmon doiralari bilan hamkorlik aloqalari va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, Shansi provinsiyasi delegatsiyasining mamlakatimizning Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlariga tashriflari rejalashtirilgan.

Kompaniyalarga O‘zbekistonda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, erkin iqtisodiy va sanoat zonalar yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.

Shansi provinsiyasi Xitoyning shimolida joylashgan bo‘lib, rivojlangan konchilik, og‘ir sanoat, energetika va metallurgiya sohalariga ega. Provinsiya Xitoyda ko‘mir zaxiralari bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi, shuningdek, bu yerda boksit, titan, vanadiy, kobalt, mis, metan va gazning yirik konlari mavjud. Shansi kartoshka, makkajo‘xori va bug‘doy yetishtirish bo‘yicha mamlakatda yetakchi provinsiya hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling