Valyuta kurslari 04/03/2026
$1 – 12209.86
UZS – 0,16%
€1 – 14170.76
UZS – -0,93%
₽1 – 157.53
UZS – 0,03%
Qidirish
Oʻzbekiston va Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmanov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining ustuvor masalalari batafsil muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi koʻrib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, ikki va koʻp tomonlama formatlardagi boʻlajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling