Valyuta kurslari 28/11/2025
$1 – 11902.30
UZS – 0,17%
€1 – 13780.48
UZS – 0,23%
₽1 – 152.18
UZS – 0,75%
Qidirish
Oʻzbekiston va Rossiya parlament aʼzolari hamkorlikning yangi bosqichlarini belgilab berishdi

Oʻzbekiston va Rossiya parlament aʼzolari hamkorlikning yangi bosqichlarini belgilab berishdi

Oʻzbekiston va Rossiya parlament aʼzolari hamkorlikning yangi bosqichlarini belgilab berishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvlarda erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda parlamentning o‘rni muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani, barcha sohalardagi o‘zaro ishonch parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘layotgani e’tirof etildi.

Tomonlar parlamentlararo munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish hamda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirishga kelishib oldilar.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari “G‘alaba bog‘i”ga tashrif buyurib, “Matonat madhiyasi” haykali poyiga gul qo‘ydilar. Shuningdek, IT Park Uzbekistan va Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling