Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Rossiya hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.