Valyuta kurslari 05/11/2025
$1 – 11950.63
UZS – -0,18%
€1 – 13744.42
UZS – -0,3%
₽1 – 147.70
UZS – -0,06%
Qidirish
Oʻzbekiston va Quvayt YUNESKOning 43-sessiyasida hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Quvayt YUNESKOning 43-sessiyasida hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Quvayt YUNESKOning 43-sessiyasida hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 4-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyevning Quvayt Davlati ta’lim vaziri Sayyid Jalol al-Tabtabaiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yuqori martabali mehmon Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi samarali muzokaralar va manfaatli kelishuvlarga boy bo‘lganini qayd etib, yaratilgan imkoniyatlar uchun O‘zbekistonga cheksiz minnatdorlik bildirdi.

Vazir O‘zbekiston Prezidentining joriy yil fevral oyida Quvaytga amalga oshirgan rasmiy tashrifiga alohida to‘xtalib, ikki davlat rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan oliy darajadagi muloqot o‘zaro munosabatlar tarixida yangi sahifa ochganini ta’kidladi.

Suhbat davomida madaniyat, ta’lim, ilm-fan va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi hamda O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan boy madaniy merosini birgalikda o‘rganish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling