Oʻzbekiston va Qozogʻiston o‘rtasida hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda
Oʻzbekiston va Qozogʻiston o‘rtasida hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vaziri Akbar Tashkulov Boku shahrida Turkiy davlatlar adliya vazirlari kengashi yig’ilishi doirasida Qozog‘iston adliya vaziri Erlan Sarsembayev bilan uchrashdi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi huquqiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Qozog‘istonni umumiy tarix, madaniyat va do‘stlik rishtalari bog‘lab turadi. So‘nggi yillardagi oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikka yangi sur’at berdi.
Tomonlar intellektual mulkni huquqiy himoya qilish, yuridik ta’lim, kadrlar tayyorlash, sud-ekspertiza, arxiv ishi va ilmiy hamkorlik yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan natijalar va istiqboldagi rejalarni muhokama qildilar.
Shuningdek, 2026–2027-yillarga mo'ljallangan yangi Hamkorlik dasturi imzolangan bo'lib, u ikki mamlakat Adliya vazirliklari o'rtasidagi almashinuv va qo'shma tashabbuslarni yanada kuchaytiradi.