Valyuta kurslari 05/02/2026
$1 – 12265.77
UZS – 0,06%
€1 – 14492.01
UZS – 0,26%
₽1 – 159.07
UZS – -0,26%
Qidirish
Oʻzbekiston va Qozogʻiston Afgʻoniston boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Afgʻoniston boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Afgʻoniston boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Afg‘oniston bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati muhokama qilindi. Afg‘on muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.

B. Atamkulov O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiyani shakllantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, Afg‘onistonni mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik jarayonlariga jalb etish istiqbollari yuzasidan, xususan, Transafg‘on temir yo‘l loyihasini amalga oshirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi hamda tomonlar Toshkent va Ostona o‘rtasidagi amaliy muloqotni yanada rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanligini qayd etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling