Valyuta kurslari 19/12/2025
$1 – 12021.61
UZS – -0,32%
€1 – 14092.93
UZS – -0,26%
₽1 – 150.44
UZS – 0,25%
Qidirish
Oʻzbekiston va Qozogʻiston 2026-yilga moʻljallangan hamkorlik natijalari va rejalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 18-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar, 2025-yil yakunlari bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik natijalarini sarhisob qildilar va 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

2025-yil 15–16-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekistonga davlat tashrifi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yetinchi Maslahat uchrashuvining muvaffaqiyatli yakunlariga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling