Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Ikki tomonlama munosabatlarning joriy holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, o‘zaro manfaatli mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi, yaqin hamkorlik va muloqotning muhimligi ta’kidlandi.
Mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik aloqalarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishlar tasdiqlandi.