Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali mazmunli suhbat oʻtkazdi.
Tomonlar doʻstona va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarining jadal rivojlanishidan, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi barcha sohalardagi strategik sheriklikdan mamnunlik bildirdilar.
Suhbat davomida vazirlar dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar boʻyicha fikr almashdilar hamda xalqaro maydonda oʻzaro tushunishni va qoʻshma ishlarni mustahkamlash uchun yaqin hamkorlik va muntazam muloqotni davom ettirish muhimligini taʼkidladilar.