Valyuta kurslari 04/11/2025
$1 – 11972.34
UZS – -0,27%
€1 – 13786.15
UZS – -0,81%
₽1 – 147.79
UZS – -0,52%
Qidirish
Oʻzbekiston va Qatar taʼlim va fan sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Qatar taʼlim va fan sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Oʻzbekiston va Qatar taʼlim va fan sohasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 3-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyevning Qatar ta’lim va oliy ta’lim vaziri Lolva bint Rashid bin Muhammad al-Xater bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, ta’lim, fan va madaniyat sohalarida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Qatar vazirining ta’kidlashicha, Samarqand shahri mezbonlik qilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi juda yuqori darajada tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tarixiy voqea barcha musulmon dunyosining yutug‘i hisoblanadi.

L.al-Xater O‘zbekistonni islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini yuksak baholab, Imom Buxoriy ilmiy merosini asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha Qatar tomoni hamkorlikka tayyoriligni ma’lum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling