Oʻzbekiston va Portugaliya hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Portugaliya hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Portugaliya hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Portugaliya tashqi ishlar vaziri Paulo Rangel bilan ochiq va mazmunli uchrashuv oʻtkazdi.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan rivojlantirish, siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish yoʻllarini muhokama qilishdi.

Muzokaralar davomida qishloq xoʻjaligi, infratuzilma, yashil energiya, turizm, transport va madaniy-gumanitar hamkorlik kabi ustuvor sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida vazirliklar oʻrtasida axborot almashish va eng yaxshi amaliyotlarni oʻrganishga qaratilgan oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjat mamlakatlar oʻrtasida institutsional muloqotni chuqurlashtirish va samarali hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling