Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
Oʻzbekiston va Polsha parlamentlararo hamkorlik va savdoni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Polsha parlamentlararo hamkorlik va savdoni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Polsha parlamentlararo hamkorlik va savdoni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev Polsha Respublikasi Seymi Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Pavel Koval boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida parlamentlararo muloqotni faollashtirish orqali investitsiya va eksport hajmlarini oshirish, savdo uylari va investitsiya kompaniyalari tashkil etish, transport-logistika va xududlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar O‘zbekiston–Polsha parlamentlararo munosabatlarini yanada mustahkamlash, qonunchilik sohasida tajriba almashish, mahalliy Kengashlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling