Valyuta kurslari 06/11/2025
$1 – 11970.67
UZS – 0,17%
€1 – 13748.31
UZS – 0,03%
₽1 – 147.59
UZS – -0,07%
Qidirish
Oʻzbekiston va Polsha farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Polsha farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Polsha farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbariyati Polsha farmatsevtika kompaniyalari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiyaga Polsha Farmatsevtika sanoati ish beruvchilar ittifoqi prezidenti Krzysztof Kopec boshchilik qildi.

Delegatsiya tarkibiga Polshaning eng yirik farmatsevtika kompaniyalari - Polpharma, Adamed Pharma va Biofarm vakillari kirdi.

Tomonlar farmatsevtika sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.

Polsha tomoni O‘zbekistonda xalqaro standartlarning, jumladan WLA (World Listed Authority) tizimining joriy etilganligini yuqori baholab, bu mamlakat farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari uchun jahon bozorlariga chiqish va eksport salohiyatini mustahkamlashda yangi imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.

Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar farmatsevtika sohalari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash va uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling