Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
Oʻzbekiston va Pokistonning yirik muhandislik guruhi oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi

Oʻzbekiston va Pokistonning yirik muhandislik guruhi oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi

Oʻzbekiston va Pokistonning yirik muhandislik guruhi oʻrtasida uzoq muddatli hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 27-yanvar kuni ISSV rahbari Laziz Kudratov Habib Rafiq Ltd kompaniyasining Bosh ijrochi direktori Malik Muhammad Aslam bilan uchrashdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston–Pokiston investitsiyaviy hamkorligini kengaytirish istiqbollari, jumladan infratuzilma qurilishi, “aqlli shaharlar”, tog‘-kon va qayta ishlash sanoati loyihalari muhokama qilindi. Misni boyitish, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, ilg‘or muhandislik yechimlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida ISSV hamda Habib Rafiq Engineering (Private) Limited o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat smart city loyihalari, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini belgilaydi.

Memorandum tomonlarning uzoq muddatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqladi.

Habib Rafiq Ltd - 70 yillik tarixga ega yirik muhandislik-qurilish guruhi. Capital Smart City va Lahore Smart City loyihalarini amalga oshirgan, Islomobod xalqaro aeroporti hamda “yashil” energetika tashabbuslarida ishtirok etgan. Geely bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqaradi. 8 mingga yaqin xodimga ega, yillik daromadi 600 mln AQSH dollari, bosh ofisi Lohurda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling