Valyuta kurslari 16/01/2026
$1 – 11969.66
UZS – -0,27%
€1 – 13927.90
UZS – -0,4%
₽1 – 152.56
UZS – -0,2%
Qidirish
Oʻzbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 14-15-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shoxrux Gulamov O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Pokistonga ishchi tashrif bilan bordi.

Tashrif doirasida sanoat, investitsiya va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrifning birinchi kuni Pokiston Bosh vazirining sanoat masalalari bo‘yicha maxsus yordamchisi Harun Axtar Xon bilan tor doirada uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Pokiston Sanoat va ishlab chiqarish vazirligi binosida qariyb 10 ta tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi.

Shuningdek, charm sanoati bo‘yicha tarmoq uyushmalari rahbarlari hamda farmatsevtika sohasidagi yetakchi kompaniyalar rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tashrif davomida Pokiston Milliy logistika kompaniyasi (NLC) bosh direktori Shog‘ayb Ahmad Xon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish, shuningdek, Xunjerob dovoni orqali Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston transport yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrifning ikkinchi kuni delegatsiya Karachi portiga tashrif buyurib, port infratuzilmasidan tranzit yo‘nalishlarini kengaytirish hamda O‘zbekiston mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda foydalanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling