Valyuta kurslari 05/02/2026
$1 – 12265.77
UZS – 0,06%
€1 – 14492.01
UZS – 0,26%
₽1 – 159.07
UZS – -0,26%
Qidirish
Oʻzbekiston va Pokiston qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Pokiston qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Pokiston qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshidjon Abduzuxurov boshchiligidagi delegatsiya Pokiston Islom Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Pokiston Bosh vaziri ofisida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda Pokiston Maxsus investitsiyalarni muvofiqlashtirish kengashi (SIFC) kotibi Sajid Mehmud Qoziy, Pokiston Islom Respublikasi Milliy oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Musaddik Axmed Xan, Pokiston Bosh vaziri departamentining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Ahmad Umar, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi hamda o‘zbekistonlik tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro investitsiyalarni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi va agrobiznes yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida imzolanishi rejalashtirilayotgan hamkorlik bitimi loyihasi yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Shuningdek, uchrashuv doirasida Pokiston tomoni “Green Pakistan” milliy tashabbusining uchinchi bosqichi bo‘yicha maxsus taqdimot o‘tkazdi. Unda mazkur tashabbusning asosiy maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston bilan amaliy hamkorlik imkoniyatlari namoyish etildi.

Umuman olganda, mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni institutsional jihatdan mustahkamlash, o‘zaro investitsiyalarni kengaytirish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘lidagi muhim amaliy qadam bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling