Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida salmoqli kelishuvlar toʻplami qabul qilindi

Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida salmoqli kelishuvlar toʻplami qabul qilindi

Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida salmoqli kelishuvlar toʻplami qabul qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining birinchi yigʻilishidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.

Bundan tashqari, yetakchilar huzurida quyidagi ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi:

– Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2026-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;

– Oʻzbekiston – Pokiston Ishbilarmonlik kengashini tashkil etish toʻgʻrisida bitim;

– Oʻzbekiston – Pokiston hududlararo forumini tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma;

– Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitimga yangi tovarlar roʻyxatini kiritish haqida bayonnoma;

– Port xizmatlari va chegirmalar taqdim etish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Konchilik va geologiya sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Qishloq xoʻjaligi tadqiqotlari va rivojlanish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Farmatsevtika mahsulotlarini nazorat qilish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatida hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Raqamli va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Buyuk Boburiylar sulolasining ilmiy-maʼrifiy, madaniy va meʼmoriy merosini asrash, oʻrganish hamda keng targʻib qilish toʻgʻrisida bitim;

– Sport sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Ekologiya va tabiiy ofatlar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Favqulodda vaziyatlarni boshqarish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma;

– Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Giyohvandlik vositalari, psixotrop va yangi psixoaktiv moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni jazoni oʻtashni davom ettirish uchun topshirish toʻgʻrisidagi kelishuv;

– Oʻzbekistondan Pokistonga isteʼmol qilish uchun yangi uzilgan olma, anjir, limon va achchiq qalampir eksporti uchun fitosanitariya talablari toʻgʻrisida bayonnoma;

– ikki mamlakat mudofaa vazirliklari oʻrtasida “yoʻl xaritasi”.

Shuningdek, Oʻzbekiston – Pokiston ekspertlar kengashini tashkil etish, Oʻzbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan Pokiston Sanoat va ishlab chiqarish vazirligi huzuridagi Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boshqarmasi, Termiz shahri hokimligi va Peshovar shahri maʼmuriyati, Samarqand shahri hokimligi va Islomobod shahri maʼmuriyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va Islomobod strategik tadqiqotlar instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Peshovar universiteti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar imzolandi.

#Shavkat Mirziyoyev  

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling