Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Oʻzbekiston va Pokiston 2026-yilga moʻljallangan strategik sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5-yanvar kuni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston–Pokiston strategik sherikligining dolzarb masalalari muhokama qilindi, siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik holati ko‘rib chiqildi, shuningdek, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Shuningdek, turli darajalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qo‘shma tashriflar va tadbirlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.