Oʻzbekiston va Paragvay konchilik va geologiya sohasida amaliy hamkorlikni boshlashga kelishib oldilar
Oʻzbekiston va Paragvay konchilik va geologiya sohasida amaliy hamkorlikni boshlashga kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 25-fevral kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi delegatsiyasi vakillari Assunsion shahrida Paragvay Respublikasi Jamoat ishlari va kommunikatsiyalar vazirligining mineral resurslar va energetika bo‘yicha vitse-vaziri Maurisio Bejarano bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
Oʻzbekiston va Paragvay Prezidentlari tomonidan kelishilgan kon-geologiya sohasidagi istiqbolli yoʻnalishlarda amaliy ishlarni boshlash, sohada ilmiy-texnik hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qator hujjatlarni qisqa muddatlarda belgilangan tartibda imzolashga kelishib oldi.