Valyuta kurslari 23/01/2026
$1 – 12136.92
UZS – 0,12%
€1 – 14191.70
UZS – 0,03%
₽1 – 159.99
UZS – 2,3%
Qidirish
Oʻzbekiston va Oppengeymer oʻzbek kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqish istiqbollarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Oppengeymer oʻzbek kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqish istiqbollarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Oppengeymer oʻzbek kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlariga chiqish istiqbollarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 23-yanvar kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Akram Aliyev "Oppenheimer & Co. Inc." investitsiya kompaniyasining qarz kapitali bozorlari yo‘nalishi rahbari va boshqaruvchi direktori John Tonelli bilan uchrashdi.

Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston moliya bozorlarini rivojlantirish, istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, o‘zbek kompaniyalarining IPO mexanizmlari va qarz instrumentlarini chiqarish orqali xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Infratuzilma, sanoat ishlab chiqarishi, energetika va boshqa ustuvor sohalardagi loyihalarni moliyalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, suveren va korporativ obligatsiyalar chiqarish, shuningdek, xususiy sektor kompaniyalarini xalqaro investorlar bilan ishlashga tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish, amaliy hamkorlikni rivojlantirish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini birgalikda ishlab chiqishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling