Oʻzbekiston va Misr hamkorlikni mustahkamlamoqda: Saida Mirziyoyeva Al-Azhar majmuasi rahbari bilan uchrashdi
Oʻzbekiston va Misr hamkorlikni mustahkamlamoqda: Saida Mirziyoyeva Al-Azhar majmuasi rahbari bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qohirada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va Misr Bosh imomi va Al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Muhammad Tayyib oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv boshida Saida Mirziyoyeva Shayx Ahmad Tayyibga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Tomonlar maʼnaviy, ilmiy va taʼlim sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilishdi.
Oʻzbekiston va Misr uzoq yillik tarixiy va madaniy aloqalarga ega ekanligi va Al-Azhar bilan hamkorlik maʼrifiy islom gʻoyalarini targʻib qilishda, bagʻrikenglik madaniyatini rivojlantirishda va yoshlarni radikal harakatlardan himoya qilishda muhim rol oʻynashi taʼkidlandi.
Qoʻshma dasturlar va akademik almashinuvlarni kengaytirishga, shuningdek, qadimiy qoʻlyozmalar va global ahamiyatga ega islom merosini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv davomida tomonlar gumanitar sohada hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va yangi loyihalarni amalga oshirishdan oʻzaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.