Valyuta kurslari 14/11/2025
$1 – 11985.10
UZS – 0,11%
€1 – 13923.09
UZS – 0,51%
₽1 – 148.86
UZS – 0,91%
Qidirish
Oʻzbekiston va Litva mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Litva mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Litva mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 12-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Litvaning O‘zbekistondagi elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Egidiyus Navikas bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari, jumladan, hukumatlararo bitimlarni imzolashni jadallashtirish, konsullik maslahatlashuvlarini tashkil etish, shuningdek, noqonuniy migratsiya va radikallashuvga qarshi kurashish choralari muhokama qilindi.

Tomonlar doimiy muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling