Oʻzbekiston va Latviya ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Oʻzbekiston va Latviya ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori o‘rinbosari Jamshid Abruyev Latviya farovonlik vazirligi davlat kotibi Ingus Alliks bilan uchrashdi.
Tomonlar Latviyaning ijtimoiy ta’minot sohasidagi ilg‘or tajribasi va O‘zbekistonning ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishdagi ustuvor yo‘nalishlarini, ijtimoiy sug‘urtani joriy etish tajribasini, shuningdek, manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirish va uning samaradorligini baholash masalalarini muhokama qildilar.
Latviya tomoni nafaqalarni boshqarish, ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish, raqamli yechimlarni joriy etish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini belgilash va ikki mamlakatda ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida professional almashuvni davom ettirishga kelishib oldilar.