Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Oʻzbekiston va Latviya davlat auditi sohasida qoʻshma loyihalar boʻyicha kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Latviya davlat auditi sohasida qoʻshma loyihalar boʻyicha kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Latviya davlat auditi sohasida qoʻshma loyihalar boʻyicha kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 4 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva  Latviya Respublikasi Oliy audit organi rahbari Edgars Kochagins bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida davlat auditi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish, zamonaviy audit yondashuvlarini tatbiq etish hamda axborotga asoslangan boshqaruv amaliyotini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbeksiton Respublikasi Hisob palatasi va Latviya Oliy audit organi o‘rtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi amaliy natijalar berayotganini, jumladan, qo‘shma o‘quv tadbirlari va tajriba almashish faollashganini taʼkidlandi. Shu bilan birga, Latviyada davlat auditi xizmati hamda O‘zbekiston Respublikasi Xisob palatasi parlament bilan yaqin hamkorlikda ishlashi, muntazam hisobotlar taqdim etishi va tegishli qo‘mitalar majlislarida ishtirok etishi ham qayd etildi.

Edgars Kochagins Latviyaning zamonaviy audit amaliyoti haqida maʼlumot berar ekan mamlakatda asosiy eʼtibor samaradorlik va muvofiqlik auditlariga qaratilganligini hamda barqaror boshqaruv tizimi tufayli moliyaviy auditlarga ehtiyoj kamayganini aytib o‘tdi. Shuningdek, xususiy auditorlar va ichki audit bo‘limlarining davlat auditi tizimidagi ishtiroki alohida qayd etildi.

Latviyada davlat auditi tavsiyalaridan byudjet jarayonida foydalanish amaliyoti bilan o‘rtoqlashildi. Xususan, har yili byudjet daromadlarini oshirish yoki xarajatlarni qisqartirishga xizmat qiladigan tavsiyalar bo‘yicha maxsus maʼlumot tayyorlanishi va uning hukumat hamda parlament tomonidan qarorlar qabul qilishda qo‘llanilishi taʼkidlandi.

Latviya tomoni O‘zbekistonda strategik boshqaruv, monitoring va baholash tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori baholandi. Data-based governance tamoyillariga o‘tish davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishda muhim qadam ekani taʼkidlandi.

Muloqot davomida davlat dasturlari natijalarini tahlil qilish va axborot tizimlarini integratsiya qilish masalalari bo‘yicha ham hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha samaradorlik auditlari, xatarlarni baholash va ichki auditorlar bilan hamkorlik amaliyoti bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling