Valyuta kurslari 12/11/2025
$1 – 11990.00
UZS – -0,21%
€1 – 13866.44
UZS – -0,24%
₽1 – 147.55
UZS – -0,51%
Qidirish
Oʻzbekiston va Latviya ayollarning IT va kiberxavfsizlik sohasidagi ishtirokini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Latviya ayollarning IT va kiberxavfsizlik sohasidagi ishtirokini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Latviya ayollarning IT va kiberxavfsizlik sohasidagi ishtirokini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Prezident Administratsiyasi vakillari Latviya elchixonasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Yevropa Ittifoqining “Women Leadership in Public ICT Sector” va yangi “Digital for Development” tashabbuslari doirasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Muloqot chog‘ida xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ishtirokini kengaytirish, ularning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish va kiberxavfsizlik sohasida gender tenglikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, uchrashuvda xotin-qizlarning raqamli siyosat va qonunchilik jarayonlariga jalb etish, mentorlik va malaka oshirish dasturlarini kengaytirish, shuningdek, yosh mutaxassislar uchun o‘rganish va tajriba almashish imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusida qo‘shma tashabbuslar orqali O‘zbekistonning raqamli rivojlanish va gender tengligi strategiyalarini Yevropa Ittifoqi loyihalari bilan uyg‘unlashtirish, o‘zaro hamkorlikni tizimli asosda davom ettirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling