Valyuta kurslari 01/12/2025
$1 – 11940.95
UZS – 0,32%
€1 – 13814.49
UZS – 0,25%
₽1 – 152.68
UZS – 0,33%
Qidirish
Oʻzbekiston va Koreya texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda

Oʻzbekiston va Koreya texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda

Oʻzbekiston va Koreya texnik tartibga solish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Akmal Jumanazarov Korea Conformity Laboratories (KCL) loyiha rahbari Dr. Jaesung J. PARK bilan uchrashdi.

Koreya tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarning bugungi holati va hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Qayd etish lozimki, Koreya Respublikasi hukumati tomonidan ajratilgan 2,3 mln dollar grant mablag‘i doirasida  Korea Conformity Laboratories (KCL) hamkorligida Pskent tumanida maishiy konditsionerlarning energiya samaradorligini baholash bo‘yicha yangi zamonaviy laboratoriya barpo etildi.

Uchrashuv doirasida mazkur laboratoriyani ishga tushiirlganli va muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi yuzasidan yakuniy hujjat imzolandi.

Shu o’rinda Koreya Savdo, investitsiyalar, sanoat va energetika vazirligi huzuridagi Koreya ilg‘or texnologiyalar instituti (KIAT) va Korea Conformity Laboratories (KCL) hamkorligida O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalari sifatini baholash sinov laboratoriyasini tashkil etish loyihasi bo’yicha navbatdagi qadamlar ko’rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling