Oʻzbekiston va Koreya migratsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Koreya migratsiya sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 9-aprel kuni “5+1” formatidagi tashqi ishlar vazir o‘rinbosarlari yig‘ilishida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lim Sang U bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Konsullik-huquqiy yo‘nalishdagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari, jumladan migratsiya sohasidagi hamkorlik, shuningdek, konsullik muassasalari o‘rtasida bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ikki mamlakat tashqi ishlar idoralari o‘rtasida navbatdagi konsullik maslahatlashuvlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash masalalari yuzasidan ham fikr almashdi hamda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqish bildirildi.
Uchrashuv yakunida yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda konstruktiv muloqotni davom ettirish va hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.