Oʻzbekiston va Koreya farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladilar
Oʻzbekiston va Koreya farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 8 dekabr kuni Agentlik direktori Abdulla Azizovning Koreyaga xizmat safari doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Koreya Oziq-ovqat va dori vositalari xavfsizligi vazirligi (MFDS) tasarrufidagi Korea Pharmaceutical Traders Association o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum Koreyaning farmatsevtika va kosmetika kompaniyalarini “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteriga jalb etish, qo‘shma investitsiya loyihalarini rivojlantirish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Tomonlar ushbu hamkorlik sanoat zonasida yangi quvvatlarni tashkil etish, tajriba almashish va farmatsevtika sohasining innovatsion rivojiga xizmat qilishini taʼkidladilar.