Oʻzbekiston va Koreya Eksimbanki kasb-hunar taʼlimini modernizatsiya qilishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Koreya Eksimbanki kasb-hunar taʼlimini modernizatsiya qilishni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Koreya Eksimbanki kasb-hunar taʼlimini modernizatsiya qilishni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 1-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Koreya Eksport-Import banki (Eximbank)ning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Kang Sangjin ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.

Muloqot markazida kasbiy taʼlim muassasalarini modernizatsiya qilishga qaratilgan qoʻshma loyihaning amalga oshirilishi, uning amaliy bosqichlarini jadallashtirish masalalari turdi.

Muzokaralar davomida kasbiy taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, ilgʻor taʼlim texnologiyalarini joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, raqamli laboratoriyalar tashkil etish, interaktiv taʼlim muhitini shakllantirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish va zamonaviy oʻquv kontentlarini yaratish kabi yoʻnalishlar loyihaning muhim tarkibiy qismi sifatida qayd etildi.

Uchrashuvda loyihani amalga oshirish jarayoni, tayyorgarlik ishlari va tashkiliy bosqichlarda erishilgan natijalar yuzasidan fikr almashildi. Loyihani belgilangan muddatlarda amalga oshirish masalasiga alohida urgʻu berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, barcha jarayonlarni muvofiqlashtirish va loyihani samarali amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling